Yevroosiyo kun tartibi 7-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Ukrainaga bo’lgan rasmiy tashrifi haqida so’z qilamiz.

1358799
Yevroosiyo kun tartibi 7-qism

Prezident Erdo'g’an 2020-yilning 3-fevrali kuni bir kunlik tashrif bilan Ukrainada bo’lib qaytdi. Eslatma sifatida shuni ta’kidlar edikki, Turkiya-Ukraina o’rtasidagi diplomatik aloqa 1992-yilning 3-fevrali kuni o’rnatilgan. Turkiya Prezidenti Kiyevda rasmiy marosim bilan kutib olindi. Ikkala mamlakat liderlari o’zaro uchrashuv amalga oshirdi. Ortidan 8-Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengash yig’ilishi uyushtirildi. Tomonlar o’rtasida 7 ta shartnomaga qo’l qo’yildi. Shuningdek, Prezident Erdo'g’anning ishtirokida Ukraina-Turkiya Biznes forumi bo’lib o’tdi.

Ikkala mamlakat o'rtasidagi munosabatlar strategik ahamiyatga ega. Haqiqatdan ham oxirgi vaqtlarda o’zaro munosabatlarning turli sohalarida jadal rivojlanish kuzatilganini aytish mumkin. Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik Turkiya-Ukraina munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu ma’noda Ukrainaning Anqaradagi elchisi Andrey Sibiga, Turkiyaning Ukraina armiyasining ehtiyojlari ayniqsa, qurol-yaroq xarid qilib olishi uchun 200 million turk lirasi miqdorida moliyaviy yordam ko’rsatishi qayd etildi. Turkiyaning Ukrainada ishlab chiqarilgan Antonov 178 rusumidagi uchog’iga bo’lgan qiziqishi katta. Turkiyaning Mudofaa vaziri, terrorizmga qarshi kurash masalasi doxil xavfsizlik sohasidagi o’zaro munosabatlarni qo’lga olish maqsadida shu yilning mart oyida Ukrainaga tashrif uyushtiradi. Xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning rivojlantirilishi ikkala mamlakat uchun ham ulkan hissa qo’shadi.

Ikki mamlakat tomonidan joriy qilingan sayohat dasturi o'z samarasini bera boshladi. O'tgan yili Ukrainadan Turkiyaga 1,5 million sayyoh keldi. Besh yil oldin bu ko'rsatkich 700 ming atrofida edi.

Sog'liqni saqlash sohasida ham Turkiya ukrainaliklar tomonidan tanlangan mamlakatga aylandi. Tashrif davomida qo’l qo’yilgan o'zaro haydovchilik guvohnomalarining tan olinishi to'g'risidagi kelishuv ham shaxsiy va oilaviy sayohatlar tashkil etmoqchi bo’lganlar uchun qulaylik yaratadi, qolaversa turizmni rivojlantirishga ijobiy hissa qo'shadi. Bunga qo’shimcha sifatida shuni aytish lozimki, turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlar doirasi judayam kengdir.

Kiyevda bo'lib o'tgan biznes-forumda erkin savdo shartnomasiga bu yil qo’l qo’yilishi mumkinligi ma’lum qilindi. Aytish kerakki, agar erkin savdo shartnomasiga erishilgudek bo’lsa unda ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko'tariladi va mo’ljallangan 10 milliard dollarlik savdo hajmiga bemalol erishish imkoni paydo bo’ladi.  Hozirgi kunda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmi qariyb 4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bahorda o’tkazilishi rejalashtirilgan Turkiya-Ukraina Savdo va iqtisodiy hamkorlik komissiyasi yig’ilishida, bu masala bo'yicha ijobiy natijaga erishish mumkin.

Kiyevda Ukrainaning TANAP orqali Kaspiy bo’yi mintaqasidan tabiiy gaz sotib olish masalasi ham ko'tarildi. Bu masala hamma uchun foydali mavzudir. Ilgari Turkiya rus tabiiy gazini Ukraina orqali olar ekan endilikda Ukraina Kaspiy bo’yi mintaqasidagi tabiiy gazni Turkiya orqali ta’minlayapdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Ukrainada qrim tatarlari, gagauzlar va ahiskalik turklar bilan alohida alohida uchrashuvlar o'tkazdi. Ukrainada yashagan turklar Turkiyaning Ukraina bilan bo’lgan munosabatlarining rivojlantirilishida kafolat hisoblanadi. TIKA tomonidan ular uchun yo’lga qo’yilgan loyihalar ham ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

Prezident Erdog'anning, Kiyevda Ukrainaning hududiy yaxlitligi borasidagi Turkiyaning munosabatini takrorlashi va rasmiy kutib olish marosimida “Slava Ukraine” yani “Yashasin Ukraina” degan ifodasi Rossiya bilan bo’lgan aloqalarini muvozanatlash jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiyaning, Ukraina bilan hamkorlikda qrim tatarlari uchun uy-joy qurilishini ma’lum qilishi, Ukrainaning pravoslav cherkovining Moskvadan mustaqil bo’lishdagi roli Anqaraning muvozanatli siyosat yuritayotganini yaqqol o’rtaga qo’ymoqdadir. Turkiya Rossiyada ushlab turilgan Ukraina fuqarolarining ozod etilishi uchun cho’ra ko’rishga kirishishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Prezident Erdog'anning Ukrainaga bo’lgan tashrifi samarali o’tdi. Ukraina bilan hamkorlikning rivojlantirilishi Turkiyaning Qora dengizda va umumiy olib qaraganda shimolda samarali kuchga ega bo'lish nuqtai nazaridan foydalidir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g’an , #Ukraina

Aloqador xabarlar