Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Suriya rejimini tahdid qildi

“Suriyada bironta turk askariga zarracha zarar berilgan taqdirda, Bashar Asad kuchlarini yer bilan yakson qilamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

1358091
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Suriya rejimini tahdid qildi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hukmron Ak partiyaning Turkiya Oliy majlisidagi yig’ilishida ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida Turkiya-Suriya chegarasida ro’y berayotgan hodisalar, Suriyada turk askarlariga nisbatan sodir etilayotgan hujumlar va buning oqibatlariga to’xtaldi.

“Suriyada bironta turk askariga zarracha zarar berilgan taqdirda, Bashar Asad kuchlarini yer bilan yakson qilamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Idlibda tinch aholiga nisbatan sodir etilayotgan hujumlarga e’tibor qaratgan Erdo’g’an: “Hamma bu ahvolga ko’z yumib, yuz o’girib, vijdonini muzlatsa ham Turkiya aslo bunga tomoshabin bo’lib qarab tura olmaydi”,-dedi.

Bundan buyon Turkiya hech kimning provokatsiyalariga ko’z yummasligini aytgan Erdo’g’an: “Idlibda tinch aholi punktlarini o’qqa tutgan harbiy samolyotlar bundan buyon avvalgidek bemalol harakatlana olmaydi”,-dedi.

“Askarlarimizga zarracha ziyon yetgan taqdirda, rejim kuchlarini yer bilan yakson qilishimizni e’lon qilmoqchiman. Askarimizning qoni to’kilgan har joyda hech kim bexavotir bo’lmasligini oshkora aytmoqchiman”,-deb ilova qilgan prezident Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, fevral oyi oxiriga qadar rejim kuchlarini turk kuzatuv punktlari hududidan tashqariga surib chiqarish qat’iy rejalashtirilgan.

 

 



Aloqador xabarlar