Bugun Ankarada Suriyaga bag'ishlangan Turkiya va Rossiya muzokaralari bo'lib o'tadi

Ma’lumotga ko’ra, muzokaralar Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Sedat O‘nal va Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida amalga oshiriladi.

1356648
Bugun Ankarada Suriyaga bag'ishlangan Turkiya va Rossiya muzokaralari bo'lib o'tadi

 

Bugun Ankarada Turkiya va Rossiya vakillari ishtirokida Suriyaga bag’ishlangan navbatdagi muzokaralar bo’lib o’tadi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, muzokaralar Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Sedat O‘nal va Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida amalga oshiriladi.

Muzokaralarda Turkiyadan tashqi ishlar vazirligi, milliy mudofaa vazirligi, harbiy bosh shtab va milliy razvedka tashkiloti vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Rossiyadan esa, tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Vershinin, Vladimir Putinning Suriya bo’yicha maslahatchisi diplomat Aleksandr Lavrentchev hamda Rossiya harbiy va razvedka tashkiloti vakillaridan tashkil topgan delegatsiya ishtirok etadi.

Shanba kungi uch soatlik muzokaralarda Idlibdagi mavjud vaziyat muhokama qilingandi, shuningdek Idlibda tinchlik o’rnatish va mamlakatda siyosiy o’tish jarayonini yo’lga qo’yish uchun olib boriladigan tashabbuslar ustida batafsil to’xtalib o’tilgandi.

Hay'atlar muzokaralarni kelgusi haftalarda ham davom ettirishga kelishib olgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #muzokara , #Suriya , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar