Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga yetib bordi

Prezident Erdo'g'an Ukraina poytaxti Kiyevda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1352171
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga yetib bordi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga yetib bordi.

Erdo'g'an Ukraina poytaxti Kiyevda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so'ng ikki yetakchi o'zaro uchrashuv amalga oshirmoqda.

Kiyevga tashrif davomida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anga Adolat vaziri Abdulhamid Gul, Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, Savdo vaziri Ruhsar Pekjon, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun, Prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda.

Ma'lumki, Kiyevda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligida Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining 8-majlisi bo'lib o'tadi. Majlisda o'zaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Qrim tatarlarining vaziyati haqida fikr almashiladi. Shu bilan birga, Turkiya bilan Ukrainaning strategik hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi hamkorlik imkoniyatlari ko'zdan kechiriladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya-Ukraina biznes forumida  ishtirok etishi ko'z tutilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar