Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga jo'nab ketdi

Kiyevda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligida Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining 8-majlisi bo'lib o'tadi.

1352093
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga jo'nab ketdi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun amaliy tashrif bilan Ukrainaga jo'nab ketdi.

Erdo'g'an Ukrainada Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining 8-majlisida ishtirok etadi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Kiyevda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligida Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining 8-majlisi bo'lib o'tadi. Majlisda o'zaro va mintaqaviy masalalar batafsil muhokama qilinadi.

Tashrif chog'ida Qrim tatarlarining vaziyati haqida fikr almashiladi. Shu bilan birga, Turkiya bilan Ukrainaning strategik hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi hamkorlik imkoniyatlari ko'zdan kechiriladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya-Ukraina biznes forumida  ishtirok etishi ko'z tutilmoqda.

 

 



 

 

 



Aloqador xabarlar