Turkiya o’z fuqarolarini Xitoyga sayohat qilmasliklari borasida ogohlantirdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Turk fuqarolarini majbur bo’lmaguncha Xitoyga sayohat qilmasliklari borasida ogohlantirdi.

1348633
Turkiya o’z fuqarolarini Xitoyga sayohat qilmasliklari borasida ogohlantirdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Turk fuqarolarini majbur bo’lmaguncha Xitoyga sayohat qilmasliklari borasida ogohlantirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirusning (2019-nCoV) yurt bo’ylab sog’lik uchun xavf tug’diradigan darajaga yetganligiga e’tibor qaratildi.

Koronavirus yuqtirib olganlar sonining ortayotganligi qayd etilgan bayonotda,

“Fuqarolarimizning majbur bo’lmaguncha Xitoyga safar qilmasliklari, safar qilgudek bo’lsa Xubey viloyati bosh bo’lish bilan birga voqea kuzatilgan mintaqalardan uzoq turishlari alohida tavsiya qilinadi” degan ifodalarga o'rin berildi.  

Xitoyda istiqomat qilgan va Xitoyning boshqa mintaqalarida sayohat qilishga majbur bo’lgan Turk fuqarolarining salomatligining oldini olishga iloji boricha harakat qilishlari kerakligi ta’kidlangan bayonotda Turkiyaning Pekin elchixonasi, Hong Kong, Shanxay va Guanchjou Bosh konsulliklari bilan Xitoy va Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining mavzu haqidagi bayonot va ogohlantirishlarini yaqindan kuzatib borishlari shartligi talab qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar