Prezident Erdo'g’an Gambiyaning FETOga qarshi kurashdagi o’rnini baholadi

Amaliy tashrif bilan Gambiyada bo’lgan Prezident Erdo'g’an u yerda Prezident Adama Barrov bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o’tkazib, yakunida Prezidentlik saroyida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1348576
Prezident Erdo'g’an Gambiyaning FETOga qarshi kurashdagi o’rnini baholadi
erdogan-barrow1.jpg
erdogan-barrow2.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Afrika bilan bo’lgan iqtisodiy munosabatlari har doim adolatli, muvozanatli va ikkala tomonning manfaati uchun xizmat qiladigan zaminda rivojlantirishga harakat qilinayotganligini qayd etdi.

Amaliy tashrif bilan Gambiyada bo’lgan Prezident Erdo'g’an u yerda Prezident Adama Barrov bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o’tkazib, yakunida Prezidentlik saroyida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda o’zaro munosabatlarga to’xtalganliklarini ifoda etgan Erdo’g’an Fetullahchi terror tashkilotining (FETO) o'quv muassasasi niqobi ostida amalga oshirgan faoliyatlarini birinchi marotaba to’xtatgan mamlakatning Gambiya ekanligiga e’tibor qaratgan holda,

“Gambiyaning bu qarorli qadami boshqa Afrika davlatlariga ham FETOga qarshi kurash masalasida o’rnak bo’ldi” dedi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarining orzu qilganlaridek saviyada emasligini tilga olgan Erdo’g’an, savdo tarmog’ini yana-da muvozanatli tuzilishda shakllantirmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an, mazkur tashrifining ikkala mamlakat o’rtasida yangi hamkorlik darvozalari ochishini tiladi.  

Adama Barrov ham yillar mobaynida Turkiyadan har tarmoqda muhim yordam va hamkorlik yaqinligi ko’rganliklarini belgilab o’tgan holda, iqtisodiyotning turli sohalarida Turkiya bilan kuchli munosabatlar ta’sis etilganligini ma’lum qildi.

Barrov, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari orqali iqtisodiy tarmoqdagi hamkorligini Turkiya bilan har sohada rivojlantirmoqchi ekanliklarini bildirdi.

Mushtarak matbuot anjumani oldidan Erdo’g’an bilan Barrov huzurida ikkala mamlakat o’rtasidagi shartnomalarga qo’l qo’yildi.



Aloqador xabarlar