Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Jazoyirga yetib bordi

Prezident Erdo’g’an Houari Boumediene xalqaro aeroportida Jazoyir prezidenti Abdulmajid Tebbun tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1347577
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Jazoyirga yetib bordi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Jazoyir prezidenti Abdulmajid Tebbunning taklifiga binoan Jazoyirga safar qildi.

Erdo’g’an shaxsiy samolyotida Turkiya vaqti bilan soat 13:35da Jazoyirga yetib bordi.

Prezident Erdo’g’an Houari Boumediene xalqaro aeroportida mamlakat prezidenti Abdulmajid Tebbun tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimda ikki davlatning milliy madhiyasi chalindi.

So’ngra, ikki davlat rahbarlarining o’zaro uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Jazoyir madaniyat vaziri Malika Dendouda, davlat protokolidan mas’ul yetakchi Belkacem Laribi va Turkiyaning Jazoyirdagi elchisi Mohinur O’zdemir Go’ktash ham ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank, milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar