Chavusho’g’lu, S-400 larining NATO tizimiga mosligini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa tizimi komponentlarining NATO tizimiga mos kelishini qayd etdi.

1346435

Chavusho’g’lu bu haqida Shveytsariyaning Davos shahrida o’tkazilgan “NATOning kelajagi” deb nomlangan majlisida so’zladi.

Tashqi ishlar vaziri o’z so’zida, “Har bir NATO a'zosining shikoyatlari qonuniydir. Shular qatori bizning ham shikoyatlarimiz bor. Masalan terrorga qarshi kurashda hech qaysi ittifoqimiz yordam bermadi” dedi.

Turkiyaning ehtiyoji borligi uchun Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimi komponentlarini sotib olganini ta’kidlagan Chavusho’g’lu, “Amerika Qo’shma Shtatlari doxil bir necha NATO bo’yicha ittifoqdoshimiz bo’lgan davlatlardan talab qildik lekin natija ololmadik. S-400 larning NATO tizimiga mos kelib kelmasligi haqida tashvishlar bor. NATO tizimiha mos. Bunga mutahassislar ham baho berishi mumkin. Eng muhimi mazkur mudofaa tizimi NATO tizimlari yoki ittifoqchilariga xavf tug'dirmaydi” deya gapirdi.

Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavusho’g’lu , #NATO , #S-400

Aloqador xabarlar