Gretsiyaga o’tishga uringan 22 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi

Sohil nazorati xizmati xodimlari Gretsiyaga o’tishga uringan 22 nafar noqonuniy muhojirni bo'ron yuzasidan puflangan qayiqlari cho’kay deb turganida qutqarib qoldi.

1343026
Gretsiyaga o’tishga uringan 22 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi

Sohil nazorati xizmati xodimlari Turkiyaning Edirne viloyatiga qarashli Enez tumanidagi dengiz qirg’og’idan uzoq nuqtada Gretsiyaga o’tishga uringan 22 nafar noqonuniy muhojirni bo'ron yuzasidan puflangan qayiqlari cho’kay deb turganida qutqarib qoldi.

Noqonuniy yo’llar orqali chegaradan dengiz orqali o’tishga uringan noqonuniy muhojirlar, bo’ronga maruz qolganidan keyin Tez yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilib, yordam so’radi. Kuchli bo'ron tufayli noqonuniy muhojirlarga oid puflangan qayiqning o’rnini tayanch punkti ma’lumotlari orqali aniqlash imkoni bo’lmadi.  

Aniqlash uchun Enez va Go’kcheadadagi Sohil nazorati xizmatidagi qayiqlari bilan Izmirdan ko’tarilgan Sohil nazorati xizmati uchog’i mintaqani nazorat qilib chiqdi. Ortidan nomi tilga olingan puflangan qayiq Enez tumanidagi dengiz qirg’og’idan uzoq nuqtada, Boztepe burnida ekanligi aniqlandi.  

Dvigatelning ishdan chiqishi va qattiq to’lqinlar yuzasidan suv ola boshlagan qayiqqa yaqinlashgan Sohil nazorati xizmati xodimlariga oid qayiq, nepallik 22 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi.

Qirg’oqqa chiqarilgan va tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan muhojirlarga Edirnedagi viloyat migratsiya boshqarmasi tomonidan oziq-ovqat va kiyim-kechak berildi.



Aloqador xabarlar