Yevroosiyo kun tartibi 3-qism

Dasturimizning bugungi sonida Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putinning Turkiyaga bo’lgan tashrifi haqida so’z qilamiz.

1341415
Yevroosiyo kun tartibi 3-qism

Bu yilning 7-yanvari kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasining xizmatga ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida Istanbulga tashrif buyurdi. Turk oqimi, Turkiyaning energiya yetkazib berish tarmog’ida markazga aylanishi uchun shaxdam qadam hisoblanadi va Sharqiy Yevropaning energiya ehtiyojini ta’minlaydigan muhim loyihadir. Mazkur liniya xizmatga 8-yanvar kuni ochildi. Moviy oqim, Turk oqimi, TANAP der ekan Turkiya sharqning energiyasini g’arbga yetkazib berishda asosiy davlatga aylandi. Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatilganidan keyin nomi tilga olingan mintaqaning tabiiy gaz va nefti ham eng arzon narxlarda Turkiya orqali g’arbga yetkazib berilishi mumkin. Aslida tashqi kuchlarning mintaqani tinmay qo’zg’ash rejalari ham biz aytib o’tgan rejalarning amalga oshishiga to’siqlik qilish va mintaqaning rivojlanishiga monelik qilish uchundir desak mubolag’a bo’lmaydi.

Vladimir Putinning bu tashrifini muhim qilgan boshqa xusus Turkiya bilan Rossiyaning bir-biri bilan yaqinlashishi va shuning uchun ham mintaqaviy muammolarda farqli ko’z qarashga ega bo’lishiga qaramay muammoni hal qilish uchun muloqat qila olishlaridir. Haqiqatdan Istanbuldagi ochilish marosimidan oldin va keyin bo’lib o’tgan Erdo’g’an-Putin uchrashuvi natijasida mintaqadagi boshqa muammolardan biri bo’lgan Liviyada, 12-yanvardan e’tiboran boshlash sharti bilan o’q uzishni to’xtatish haqida qaror qabul qilindi. Bu qaror Liviyada barqarorlikning ta’minlanishi va tashabbusning Turkiya bilan Rossiyaning ixtiyoriga o’tishi masalasida muhim ekanligini aytish mumkin.  

Tomonlar Istanbulda Suriyadagi muammoni hal qilish masalalarini ham muhokama qildirlar. Putinning Istanbulga kelishidan avval kutilmagan joydan Damashqqa borishi, Suriya muammosining hal qilinishi jihatidan kelajak davrda yana-da konkret qadamlarning tashlanishi ehtimolidan darak bermoqda. Rossiya, Turkiya bilan Suriya o’rtasida o’rtamchilik qilishi mumkin.  

AQShning 3-yanvar kuni Iroqda Qosim Sulaymoniy bilan uning guruhiga hujum qilishi va ortidan Eronda yuz bergan voqealar, Turkiya bilan Rossiyaning Eron inqirozi masalasi ustidan ham maslahatlashuvlarini orttirishiga yo’l ochdi. Mintaqaning eng muhim mamlakatlaridan bir sifatida Turkiya bilan Rossiya Eronga tashqaridan boshqa mamlakatlarning aralashuviga ruxsat bermaydi. Chunki Eronning tinchsizligi Turkiyaga ham, Rossiyaga ham ziyondir. Shunday ekan Eron bu yil tez-tez Turkiya bilan Rossiyaning kun tartibidan o’rin olishi tabiiydir.

Istanbuldagi ochilish marosimiga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov ham ishtirok etdi. To’rala lider ochilish marosimi ortidan birgalikda ovqatlandilar. Turkiya bilan Rossiya ham energiya, ham da Qora dengizning muammolari yuzasidan Sharqiy Yevropa mintaqasi masalalarida ham bundan buyon faol rol o’ynashi mumkin.

Istanbulda ikkala mamlakat liderlari ta’kidlaganidek Turkiya bilan Rossiya farqli ko’z qarashlarining mushtarak manfaatlaridan ham muhim bo’lishiga yo’l qo’ymadi. Energiya tarmog’idan qurilishga, turizmdan savdo tarmog’igacha bir necha sohada o’zaro munosabatlar mustahkamlanish yo’lida davom etmoqda. Ko'p qutbli dunyo, o’z pul birliklari bilan savdo, mintaqa muammolarining mintaqa davlatlari tomonidan hal qilinishi kabi bir necha masalada tomonlarning til topisha olganliklari ma’lum.

Shu bilan birga hal qilinishi kutilgan boshqa muammolar ham oz emas albatta. Istanbuldagi sammitda ko’proq mintaqaviy masalalar muhokama qilingani uchun o’zaro munosabatlarni qiziqtirgan vizasiz rejim, erkin savdo, eksport mahsulotlaridagi nazorat va kvotalar, ikki mamlakat fuqaroligi kabi masalalarni kun tartibiga olib chiqish imkoni bo’lmadi.

Turkiya va Rossiyaning oxirgi yillarda yo’lga qo’ygan hamkorligi mintaqaviy tinchlik va barqarorlikning ta’minoti bo’lishlikni davom ettirmoqda. Sharqiy Yevropadan Sharqiy O’rta yer dengiziga, Bolqonlardan Yaqin Sharqqa, Markaziy Osiyodan Kavkaz o’lkalariga qadargi mintaqalarda turk-rus hamkorligi davom ettirilgudek bo’lsa unda boshqa tashqi kuchlarning nomi tilga olingan mintaqalardagi ta’siri kamayib, mintaqa liderlari taqdirlarini tayin qilish huquqiga ega bo’ladi.

 



Aloqador xabarlar