Mevlut Chavusho’g’lu, Haftarning Moskvani tark etganligi masalasini baholadi

Liviyada Turkiyaga qarshi eng yirik kuchlardan biri hisoblangan to’ntarishchi general Halifa Haftar o’q uzishni to’xtatish haqidagi shartnomaga qo’l qo’ymay Rossiyani tark etdi.

Mevlut Chavusho’g’lu, Haftarning Moskvani tark etganligi masalasini baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, to’ntarishchi Haftar Liviyadagi o’q uzishni to’xtatish uchun tayyorlangan shartnomaga qo’l qo’ymaslik uchun oyoq tirashni davom ettirgudek bo’lsa unda Berlin jarayonining hech qanday mazmuni qolmasligini qayd etdi.

Liviyada Turkiyaga qarshi eng yirik kuchlardan biri hisoblangan to’ntarishchi general Halifa Haftar o’q uzishni to’xtatish haqidagi shartnomaga qo’l qo’ymay Rossiyani tark etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu mavzu haqida bayonot berdi.

“Haftar shunday davom etgudek bo’lsa unda Berlindagi jarayonning hech qanday mazmuni qolmaydi” degan Chavusho’g’lu,

“Matn tayyor bo’lgandi. Qo’l qo’yish bosqichida ruslar Haftarning ertalabgacha vaqt talab qilganligini yetkazidi. Endi esa bu matnga qo’l qo’ymaydilar” degan ifodalarga o'rin berdi.

Aytib o'tish joizki Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Liviyaning sharqini nazorat ostiga olgan Halifa Haftarning kecha, zimmasiga tushgan Liviyadagi o’q uzishni to’xtatish haqidagi matnga qo’l qo’ymay poytaxt Moskvadan ketganligini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: Mevlut Chavusho’g’lu , Liviya , Haftar

Aloqador xabarlar