Prezident Erdo'g'anning yetakchiligida xavfsizlik masalalari ustidan yig’ilish bo’lib o’tdi

Prezident Erdo'g'anning yetakchiligida Istanbuldagi Dolmabaxcha ofisida xavfsizlik masalalari ustidan yig’ilish bo’lib o’tdi

1334538
Prezident Erdo'g'anning yetakchiligida xavfsizlik masalalari ustidan yig’ilish bo’lib o’tdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning yetakchiligida xavfsizlik masalalari ustidan o’tkazilgan yig’ilishda Iroqda yuz bergan so’nggi voqealar, Amerika Qo’shma Shtatlari va Eron o’rtasidagi taranglik, Liviya va Suriyadagi oxirgi vaziyat har jihatdan qo’lga olindi.  

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Prezident Erdo'g’anning yetakchiligida Istanbuldagi Dolmabaxche ofisida uyushtirilgan va 3 soat davom etgan yig’ilishda mintaqadagi oxirgi vaziyatlarning qo’lga olinganligi qayd etildi.

Yig’ilishda Iroqda yuz bergan so’nggi voqealar, Amerika Qo’shma Shtatlari va Eron o’rtasidagi taranglik, Liviya va Suriyadagi oxirgi vaziyatning har jihatdan qo’lga olinganini ma’lum qilgan Altun,

“Prezidentimiz Turkiyaning mintaqada yuz berayotgan voqealar oldidagi konstruktiv munosabatini davom ettirishi kerakligini, tinchlik va barqarorlik uchun kuchli qadamlar tashlashdan voz kechmasligini va diplomatik imkonlarning hammasidan oxirigacha foydalanishi shartligini alohida ta’kidladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo'g’anning yetakchiligida bo’lib o’tgan yig’ilishda vitse-prezident Fuat Oktay, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o’rinbosari Mahir Unal, Adolat va taraqqiyot partiyasi guruh rahbari vakili Muhammed Emin Akbasho’g’lu, Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik, Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun va Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar