Erdo'g’an, Moldovadagi FETO maktablarining Turkiyaning Maorif fondiga o’tkazib berilishini xohlaydi

Prezident Erdo'g’an bilan Moldova Prezidenti Igor Dodon poytaxt Anqarada Prezidentlik qarorgohida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1332491
Erdo'g’an, Moldovadagi FETO maktablarining Turkiyaning Maorif fondiga o’tkazib berilishini xohlaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Moldovada Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan asos solingan maktablarning Turkiyaning Maorif fondiga o’tkazib berilishini kutganliklarini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an bilan Moldova Prezidenti Igor Dodon poytaxt Anqarada Prezidentlik qarorgohida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Moldovaning hududiy yaxlitligini, barqarorligini va rivojlanishini qo’llab-quvvatlaganliklarini eslatib o’tgan Erdo'g’an shu yilning noyabr oyida tashkil topgan yangi Moldova hukumatiga ham, xalqiga ham xizmat safarida muvaffaqiyatlar tiladi.   

Turkiyaning barcha tashkiloti bilan Moldovaning yonida bo’lishlikni davom etishini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Gagauz Turklari Moldova bilan o’rtamizdagi eng mustahkam do’stlik koprigidan biri hisoblanadi” dedi.

Erdo’g’an, moldovalik sayyohlarning dam olish uchun birinchi navbatda Turkiyani tanlaganidan xursand ekanligini ham ifoda etdi.

Moldovaga FETOga qarshi kurash doirasida ayniqsa FETOga qarashli kishilarning ekstraditsiya qilinishi masalasida bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan Erdo’g’an,

“Shu bilan birga mamlakatdagi FETO maktablarining Turkiyaning Maorif fondiga o’tkazib berilishini kutyapmiz” dedi.   

Moldova Prezidenti Igor Dodon ham Moldova hukumatining Turkiyaning bir necha tarmoqda strategik sherigi ekanligiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

Moldovadagi chet el sarmoyali investorlar orasida Turklarning oltinchi o’rinda ekanligini belgilab o’tgan Dodon,

“Biz Turk investorlarga turli tarmoqda kerakli yordamni berishga tayyormiz” dedi.

Dodon, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga ko’rsatilgan yordam tufayli barcha Moldova fuqarosi nomidan Erdo’g’anga rahmat aytib, yangi yilning o’zaro va strategik hamkorlik jihatidan muhim yil bo’liib qolishini tiladi.  

Matbuot anjumani oldidan Prezident Erdo'g’an bilan kasbdoshi Dodonning huzurida tuzilgan shartnomalarga qo’l qo’yish marosimi bo'lib o'tdi.

 



Aloqador xabarlar