Somalidagi bombali hujumda jon bergan Turk fuqarolarining jasadi Anqaraga olib kelindi

Somali poytaxti Mogadishudagi terror hujumida jon bergan Turan Sevi va Mehmet Kaplanning jasadi bilan 16 nafar somalilik yarador Turkiyaga olib kelindi.

1331647

Poytaxt Anqaraga olib kelingan 2 nafar Turk fuqarosining jasadi, oilalariga topshirish maqsadida kasalxonaga olib borildi.

Yarador somaliliklar ham davolash uchun turli kasalxonalarga yotqizildi.

Uchoqni kutib olish niyatida aeroportga borgan Sog’likni Saqlash vaziri Fahrettin Koja, u yerda bergan bayonotida do’st va qardosh Somalida yuz bergan portlashni lanatlagan holda, qayg’ularini ifoda etdi.

Koja, 20 kishilik tibbiy xodimni Turk Qurolli kuchlariga oid tez yordam uchog’i orqali Somaliga yuborganliklarini qayd etdi.

Uchoq orqali olib kelingan somalilik yaradorlarning vaziyati haqida ham ma’lumot bergan Fahrettin Koja, 16 yaradordan 4 nafarining reanimatsiyada ekanligini bildirdi.

Somalining Ankaradagi elchisining maslahatchisi Sulaymon Muhammad Karsiy ham yordamlari uchun Turkiyaga, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga minnatdorchilik bildirgan holda,

“Turkiya har doim bizni qo’llab-quvvatladi. Qardoshlar murakkab kunlarda ma’lum bo’ladi. Turkiya biz uchun qardosh mamlakatdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aloqador xabarlar