Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpurga jo'nab ketdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Kuala Lumpur Sammitiga qatnashish uchun Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpurga jo'nab ketdi.

1325656
Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpurga jo'nab ketdi.
Malezya Krali Sultan Abdullah-Erdogan1.jpg
Malezya Krali Sultan Abdullah-Erdogan.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Kuala Lumpur Sammitiga qatnashish uchun Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpurga jo'nab ketdi.

Prezident Erdog'an, Malayziyada birinchidan Bosh vazir Mahathir Muhammadni Putrajayadagi Bosh vazirlik binosida  qabul qildi.

Qabul matbuotga yopiq edi.

Qabul paytida Prezident Erdo’g'an va Malayziya Bosh vaziri Mahathir huzurida  ikki davlat o'rtasida turli sohalarda 15 shartnoma imzolandi.

" Fan va  texnologiya sohasida Turkiya va Malayziya  hukumatlari  o'rtasida texnikaviy hamkorlik to'g'risidagi bitimni" Malayziya energetika, fan, texnologiya, atrof-muhit va iqlim o'zgarishi vaziri Yeo Bee Yin bilan Sanoat va Texnologiya Vaziri Mustafa Varank imzoladi.

Bundan tashqari, Turkiya va Malayziya mudofaa va texnologiya kompaniyalari o'rtasida 14  yaxshi niyat  bitimi  imzolandi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an keyinchalik Malayziya Qiroli Abdulloh Riayatuddin Mustafo Billah Shah bilan uchrashdi.

Qirollik saroyida matbuot yopiq bo'lib o’tgan  uchrashuv yarim soat davom etdi.

Uchrashuvda Prezident Erdo’g'anning rafiqasi Emine Erdo’g'an va Malayziya Qiroli Abdullaning rafiqasi Azizah Aminah Maimunah  Iskandariah  ham ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar