Erdo’g’an:“Imkoniyatlari bizdan juda katta bo’lgan davlatlar qochqinlar uchun kvota qo’ydi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o’tkazilgan 1-Global migratsiya forumida ma’ruza qildi.

1324970
Erdo’g’an:“Imkoniyatlari bizdan juda katta bo’lgan davlatlar qochqinlar uchun kvota qo’ydi"

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o’tkazilgan 1-Global migratsiya forumida ma’ruza qildi.

Turkiya millionlab qochqinga o’z eshiklarini ochganligini eslatgan Erdo’g’an: “Imkoniyatlari bizdan juda katta bo’lgan davlatlar qochqinlar uchun kvota qo’yar ekan, biz esa dini, irqi, tili, etnik millati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barchaga quchoq ochdik. Qochqinlar masalasi bu insonlarga bizga o’xshab mehr-shafqat ko’rsatayotgan bir necha davlatning g’ayrati bilangina hal qilinmasligi oshikordir”,-dedi.

“Suriyadan kelib chiqqan migratsiya muammosini hal qilishning birgina yo’li qochqilarni chegaralarimizdan uzoqlashtirish emas”,-deya ta’kidlagan Erdo’g’an, vijdonlarni larzaga solayotgan bu muammoni faqatgina global miqyosda amalga oshiriladigan tashabbuslar bilangina hal qilish mumkinligini bildirdi.

Erdo’g’an Suriyada doimiy barqarorlik o’rnatish uchun xalqni vataniga qaytarish zarurligini va buning ahamiyatini tilga oldi.

“Turkiyadagi qochqinlarni vataniga qaytarish, ularga shart-sharoit yaratish uchun zarur rejalarni ishlab chiqish kerak. Suriyada barqarorlik o’rnatishda xalqni vataniga qaytarish kamida terrorizmga qarshi kurash kabi muhimdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Suriyalik qochqinlar Turkiya tomonidan tashkil etilgan xavfsiz hududga qayta boshlaganligiga diqqat qaratgan Erdo’g’an: “Mamlakatimiz tomonidan tashkil etilgan xavfsiz hududlarga hozirgacha 371000 suriyalik o’z xohshi bilan kelib joylashdi. BMT umumiy kengashida taklif sifatida ilgari surilgan loyihani hayotga tadbiq etsak, ilk bosqichda bu raqam 1 mlnga yetishiga ishonchim komil”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar