Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Londonga tashrifini yakunladi

Prezident Erdo’g’an va hamrohligidagi delegatsiya “TRK” rusumli maxsus samolyotda Turkiya vaqti bilan soat 00:40da Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportiga qo’ndi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Londonga tashrifini yakunladi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an NATO sammiti munosabati bilan Londonga amalga oshirgan tashrifini yakunladi.

Prezident Erdo’g’an va hamrohligidagi delegatsiya “TRK” rusumli maxsus samolyotda Turkiya vaqti bilan soat tungi 00:40da Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportiga qo’ndi.

Aeroportda Erdo’g’anni Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, Ankara hokimi Vasip Shahin, Ankara xavfsizlik boshqarmasi rahbari Servet Yilmaz va boshqa vakillar kutib oldi.

Samolyotda prezident bilan birga turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an, Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, TIV rahbari Mavlud Chavushog’li, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’lu, Ak partiya kotibi O’mer Chelik, Ak partiya deputati Binali Yildirim, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Turkiyaga qaytdi.

 

 



Aloqador xabarlar