YI tarkibidagi uchta davlat kelasi oylarda takror Prezident Erdo'g'an bilan uchrashadi

Yevropa ittifoqi tarkibidagi uchta davlat kelasi oylarda takror Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashadi.

1318246
YI tarkibidagi uchta davlat kelasi oylarda takror Prezident Erdo'g'an bilan uchrashadi

Yevropa ittifoqi tarkibidagi uchta davlat kelasi oylarda takror Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashadi.

Prezident Erdo'g’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron, Germaniya va Angliya Bosh vazirlari Angela Merkel va Boris Johnson bilan 2020-yilning birinchi oylarida Turkiyada takror uchrashuv o’tkazishini qayd etdi.

Macron Angliya poytaxti Londondagi NATO sammiti ortidan bergan bayonotida al-Qoida va DEAShga dushman ekanliklariga e'tibor bergan holda,

“Turkiyaning xavfsizligiga bo’lgan hurmat va ittifoqlik munosabatlarimiz doirasida DEAShning takror paydo bo’lmasligi uchun Suriyaning shimoliy-sharqidagi vaziyat ustidan olib borilgan muloqatning mustahkamlanishi kerak” deya gapirdi.

Macron Prezident Erdo'g’an, Germaniya Bosh vaziri Merkel va Angliya Bosh vaziri Boris Johnson bilan tunov kuni Londonda bo’lib o’tgan sammitni eslatib o’tgan holda,

“Suriya, Liviya va boshqa masalalarda Turkiya bilan bo’lgan muloqatni davom ettirish haqida qaror qabul qildik. Kelasi 2020-yilning birinchi uch oyida Turkiya bilan takror uchrashuv o’tkazishimiz mumkin” dedi.

Fransiya, Prezident Erdo'g’an Turkiya bilan til topisholmagan masalalar borligini lekin muloqatning davom etishi kerakligini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar