Erdo'g'an Londonda “Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobini taqdim etdi

Erdo’g’an ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan kitobini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kanstleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga sovg’a qildi.

1317326
Erdo'g'an Londonda “Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobini taqdim etdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o’tkazilgan NATO sammiti ishtirokchilariga “Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobini taqdim etdi.

Erdo’g’an ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan kitobini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kanstleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga sovg’a qildi.

Ushbu kitobda NATOga a’zo Turkiyaning tashkilotga qanchalik hissa qo’shayotganligi va zimmasiga olgan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Turkiya va boshqa davlatlarning NATOga bo’lgan ko’z-qarashi qayd etilgan kitobning bir bo’limida Turkiyaning NATOdan talab va istaklariga o’rin berilgan.

Bu bo’limda terrorizmga qarshi mushtarak kurash va Turkiya mudofaasi uchun NATOning hissa qo’shishda davom etishi talab qilingan.

“Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobdan tashqari, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi” va “Suriyada yangi hayot” nomli kitoblar ham sammitda va o’zaro uchrashuvlar chog’ida yetakchilarga sovg’a qilinadi.

“Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi” nomli kitobi o’tgan oy Erdo’g’anning AQShga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Donald Trampga va delegatsiya a’zolariga sovg’a qilingandi.

 



Aloqador xabarlar