Turkiya prezidenti Erdo'g'an Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari bilan muloqot qildi

Muloqot chog'ida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish jarayoni, Turkiyadagi suriyaliklarni qo'llab-quvvatlash va ularni Turkiya tomonidan Suriya shimolida tashkil etilgan xavfsiz hududga qaytarish xususida fikr almashildi.

Turkiya prezidenti Erdo'g'an Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Yevropa Ittifoqi komissiyasining yangi rahbari Ursula Von Der Leyen bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ushbu muloqot kecha o'z vazifasini bajarishga kirishgan Ursula Von Der Leyenning taklifiga binoan amalga oshirildi.

Ikki yetakchi muloqot chog'ida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish jarayoni, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolangan memorandum doirasida Turkiyadagi suriyaliklarni qo'llab-quvvatlash va ularni Turkiya tomonidan Suriya shimolida tashkil etilgan xavfsiz hududga qaytarish xususida fikr almashdi.

 

 



Aloqador xabarlar