Turk qizil yârim oy jamiyati Albaniyaga yordam qo’lini uzatdi

Albaniyaga yuborilgan insonparvarlik yordamlari orasida 120 ta chodir, 2750 ta adeyal va 100 gigiyena mahsulotlari ham bor.

Turk qizil yârim oy jamiyati Albaniyaga yordam qo’lini uzatdi

 

Albaniyada 26 noyabrga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Kuchli zilzila poytaxt Tirana va zilzila o’chog’iga eng yaqin joylashgan Durres shahrida sezilgan.

Zilzila oqibatida ko’plab uy qulab tushgan, vayronalar ostida hali ham odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin. Turli davlatlardan qutqaruvchilar safarbar etilgan.

Turk qizil yârim oy jamiyati birinchilardan bo’lib Albaniyaga yordam qo’lini uzatdi.

Albaniyaga yuborilgan insonparvarlik yordamlari orasida 120 ta chodir, 2750 ta adeyal va 100 gigiyena mahsulotlari ham bor.

Gumanitar yordamlar Albaniyaga yetib bordi va jabrlangan aholiga tarqatildi.

Turk qizil yârim oy jamiyati xodimlari va Albaniya qo’shini askarlari Durres shahriga qarashli Bubq qishlog’i va Tirananing Vora tumanida uylari vayron bo’lgan oilalar uchun belgilangan joylarga chodirlar qurdilar.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Albaniyadagi zilzila qurbonlari soni 50 kishiga yetdi.

Albaniyada milliy motam e'lon qilindi.



Aloqador xabarlar