Prezident Erdo'g'an, Turkiya qo’lga kiritgan yutuqlarga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Turkiyani tiz cho’ktirmoqchi bo’lganlarga qaramay mamlakat qo’lga kiritgan yutuqlarga e’tibor qaratdi

1309603
Prezident Erdo'g'an, Turkiya qo’lga kiritgan yutuqlarga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an oxirgi bir necha yilda Suriya, Iroq va Sharqiy O’rta yer dengizida muhojirlar va boshqa masalalarda Turkiya qo’lga kiritgan natijalarning katta muvaffaqiyat ekanligini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo’g’an partiyasining viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig’ilishida nutq so’zladi.

O’z nutqida Turkiyaning bir vaqtning o’zida xavfsizlik, iqtisodiy kabi bir necha tarmoqda kurash olib borganligini ta’kidlagan Erdo'g’an,

Mamlakatning tashqaridan kelgan shu jumladan xoh terror xoh iqtisodiy masalalardagi har qanday tahdidlarning uddasidan maydonda ham, muzokaralarda ham chiqa olishini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an oxirgi bir necha yilda Suriya, Iroq va Sharqiy O’rta yer dengizida muhojirlar va boshqa masalalarda qo’lga kiritgan natijalarning katta muvaffaqiyatning mazmunli hikoyalari ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an bu borada shuningdek,

“Bu muammolarni yaratish orqali Turkiyaga tiz cho’ktirmoqchi bo’lganlar yurtimiz qo’lga kiritgan yutuqlar oldida hayron qo’lganligini yashira olmayapti. Yurtimiz va xalqimizga yomonlik tilaganlarni hayron qoldirishlik bizning eng buyuk sharafimizdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Olib borilgan kurash mobaynida eng muhim yordamning xalqning yordami ekanligini eslatib o’tgan Erdo'g’an, “Xoh mamlakatda xoh chet elda dunyoning qayeriga borishimizdan qat’iy nazar biz duch kelgan samimiy sevgi seli buning eng yirik dalili” degan ifodalarni o’z so’ziga ilova etdi.  

2020-yilning foizlar tushgan yil bo’lishini ta’kidlagan Erdo’g’an bundan buyon xorijiy valyuta orqali emas mahalliy, milliy pul birligi bilan qadam tashlash davriga qaytilganligini ifoda etdi.

Xalqaro valyuta fondi bilan aloqalarning yo’qligini ham eslatib o’tgan Erdo’g’an,

“Xalqaro valyuta fondi davri tugadi. Bugungi kunda ular bilan hech qanday aloqamiz yo’q. O’zimizga o’zimiz yetamiz” dedi.



Aloqador xabarlar