“Panja-3” deb nomlangan amaliyot doirasida 2 kunda 15 terrorist yo’q qilindi

Iroqning shimolida “Panja-3” deb nomlangan amaliyot doirasida 2 kunda PKK terror tashkilotiga a'zo 15 terrorist yo’q qilindi.

1309248
“Panja-3” deb nomlangan amaliyot doirasida 2 kunda 15 terrorist yo’q qilindi

Iroqning shimolidagi Haftanin mintaqasida “Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida kecha PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida Twitter orqali berilgan ma’lumotda,

“Iroqning shimolida "Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida, Haftanin mintaqasida ijro etilgan amaliyotda hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist Qurolli va uchuvchisiz havo vositalarimiz ko’magida yo’q qilindi. Amaliyotlarimiz uzluksiz davom etmoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Mazkur amaliyot davom etar ekan shu doirada bugun ham PKK terror tashkilotiga a’zo 10 terrorist yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Iroqning shimolida davom etgan va "Panja-3" deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida, hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 10 terrorist og’ir qurol-yaroqlari va suyuq yoqilg'ilari bilan birga yo’q qilinganligi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar