Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an AQSh ziyoratini yakunladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an AQShdagi uchrashuvlarini yakunlab maxsus samolyotda Turkiya vaqti bilan soat 05:15da Turkiyaga parvoz qildi.

1306304
Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an AQSh ziyoratini yakunladi

 

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh)dagi uchrashuvlarini yakunlab  maxsus samolyot  “ TRK” bilan Turkiya vaqti bilan  soat 05: 15da Turkiyaga  qarab yo’l oldi.

Erdo’g'an, Andrews  hava bazasidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu,  Turkiyaning Vashington favqulodda va muxtor elchisi  Serdar  Kilich, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Doimiy vakili Feridun Sinirlio’g'lu,  AQSh Protokol bosh direktori Cam Henderson va boshqa  vakillar tomonidan kuzatildi.

Prezident Erdo’g'an va rafiqasi Emine Erdog'an, Xazinachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisining o'rinbosari Mahir Unal, AK Partiya  Kotibi  O’mer Chelik,  Prezidentlik huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi Raisi  Fahrettin Altun va Prezident matbuot kotibi  Ibrohim Kalin Vashingtonni tark etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qaytdi , #Turkiya , #Vashington , #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar