Prezident Erdo’g’an bilan Donald Trump Oq saroyda uchrashuv o'tkazdi

Prezident Erdo’g’an Oq saroyda Donald Trump tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1306080
Prezident Erdo’g’an bilan Donald Trump Oq saroyda uchrashuv o'tkazdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump Oq saroyda uchrashuv o’tkazdi.

Prezident Erdo’g’an Oq saroyda Donald Trump tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Uchrashuv oldidan ikkala lider matbuotga qisqacha bayonot berdi.

Erdo’g’an unda faqatgina o'zaro uchrashuv ortidan batafsil bayonot berishini qayd etdi.

Prezident Erdo’g’an bilan anchadan buyon do’st ekanliklarini ta’kidlagan Trump, Turkiya-Suriya chegarasida yo’lga qo’ygan faoliyatlari tufayli Erdo’g’anga minnatdorchilik bildirdi.

Trump, Turkiyaning oxirgi vaqtlarda (Suriyada) DEAShga a’zo 100 dan ortiq terroristni qo’lga tushirganligini yodga soldi.

“Turkiya bilan savdo hajmini orttiramiz” degan AQSh lideri, Turkiya tomonidan Rossiyadan olingan S-400 va F-35 urush uchoqlari loyihasi masalasida ham fikr almashish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Ikkala lider 1 soatdan ortiq davom etgan o'zaro uchrashuv ortidan hay'atlaro uchrashuvga ham yetakchilik qildi. 

 

 

a



Aloqador xabarlar