Turkiya qo’lidagi DEAShga a’zo chet ellik terroristlarni ekstraditsiya qilish arafasida

Turkiya qo’lidagi DEASh terror tashkilotiga a’zo chet ellik terroristlarni ekstraditsiya qilish ishlarini boshlash arafasida.

Turkiya qo’lidagi DEAShga a’zo chet ellik terroristlarni ekstraditsiya qilish arafasida

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’yluning qayd etishicha, DEASh terror tashkiloti a’zolari dushanba kunidan e’tiboran o’z yurtiga ekstraditsiya qilinadi.  

Turkiya qo’lidagi DEASh terror tashkilotiga a’zo chet ellik terroristlarni ekstraditsiya qilish ishlarini boshlash arafasida.  

Bu haqida Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu ma’lumot berdi.

Poytaxt Anqaradagi ochilish marosimlaridan birida nutq so’zlagan So’ylu,

“Ekstraditsiya qilish niyatidamiz lekin vaqtni qo’ldan boy bermay buni dushanba kuniyoq boshlaymiz” dedi.  

PKK terror tashkilotiga a’zo va qidiruvdagi shaxslar ro’yhatining qizil rangdagi kategoriyasidagi 2 terroristning yo’q qilinganligiga ham to’xtalgan So’ylu,

“(PKK to’da boshlaridan) Qora ilon hafa bo’lganmish. Shu fursatdan foydalanib xalqimizga qora ilonni yo’q qilishga va’da beramiz” deya gapirdi.

Suleyman So’ylu Turkiyaning hech qaysi terror tashkilotini bir-biridan ajratmay odam bolasining tinchligi uchun terrorga qarshi kurash olib borganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar