Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Vengriyada

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an amaliy tashrif bilan Vengriyada.

Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Vengriyada

Vengriya-Turkiya oliy darajali strategik hamkorlik kengashining to’rtinchi yig’ilishi doirasida bugun amaliy tashrif bilan soat 10:37 da Vengriyaga jo’nab ketgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an yana Turkiya vaqti bilan soat 13:00 da “TC-Turkiya” uchog’i orqali Vengriyaga yetib bordi.

Erdo'g’anni Liszt Ferenc aeroportiga borishida Vengriya Tashqi ishlar va Savdo vaziri Levente Magyar, Vengriyaning Anqara elchisi Gabor Kiss, Turkiyaning Budapeshtdagi elchisi Ahmet Akif O’ktay va elchixona rasmiylari kutib oldilar.   

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga mazkur tashrifi chog’ida rafiqasi Emine Erdo’g’an, Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vaziri Zehra Zumrut Selchuk, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan, Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuriy Ersoy, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o’rinbosari Jevdet Yilmaz, Prezidentlik apparatining Aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun, Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda.  



Aloqador xabarlar