Turkiya Oliy majlis rahbari Mustafo Shento'p Meksikada Otaturk yodgorligini ziyorat qildi

Mustafo Shento'p Meksikada MIKTA (Meksika, Indoneziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya) Parlament rahbarlarining beshinchi sammitida ishtirok etadi.

Turkiya Oliy majlis rahbari Mustafo Shento'p Meksikada Otaturk yodgorligini ziyorat qildi

 

 

Turkiya Oliy majlis rahbari Mustafo Shento'p Meksika poytaxti Meksikodagi Otaturk yodgorligini ziyorat qildi.

Mustafo Shento'pga Turkiyaning Meksikadagi favqulodda va muhtor elchisi Tahsin Timur So'ylemez hamda Turkiya oliy majlisidan qator mutasaddilar hamrohlik qildi.

U Meksikada "La Reforma" bulvaridagi Otaturk yodgorligi poyiga qizil va oq chinnigullardan hosil qilingan gulchambar qo'ydi va hurmat bajo keltirdi.

Mustafo Shento'p Meksikada MIKTA (Meksika, Indoneziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya) Parlament rahbarlarining beshinchi sammitida ishtirok etadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Meksika , Mustafo Shento'p , Turkiya

Aloqador xabarlar