Turkiya Suriya shimolida yashovchi aholini insonparvarlik yordami bilan ta'minlamoqda

“Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi natijasida terroristlardan tozalangan chegara ortidagi hududlarda aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

1300641

Hududda yashovchi aholiga Turkiya tomonidan insonparvarlik yordami yetkazildi.

Tarqatilayotgan insonparvarlik yordamlari orasida 92500 kg un, 65300 ta non, 17066 shishada qadoqlangan toza ichimlik suvi, 2699 shishada qadoqlangan yaxna ichimliklar, 2175 ta gigiyena ashyolari, 1790 ta adeyal, bolalar uchun 1500 ta o’yinchoq va boshqa turli xil oziq-ovqat mahsulotlari o’rin olgan.

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qilishicha, “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi olib borilayotgan hududga yetkazilgan insonparvarlik yordamlari Turk qizil yârim oy jamiyati, Turk nodavlat tashkilotlari va Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Aloqador xabarlar