Fahriddin Altun:"Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad qo’lga olindi"

“Kecha tunda Turkiya harbiylarining operatsiyasi natijasida terror tashkiloti DEAShning yaqinda yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad qo’lga olindi”,-deb ma’lum qiladi Fahriddin Altun tvitterdagi sahifasida.

1300262
Fahriddin Altun:"Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad qo’lga olindi"

 

 

Suriyada DEAShning yaqinda yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad qo’lga olingan.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikaysiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun ma’lum qildi.

“Kecha tunda Turkiya harbiylarining operatsiyasi natijasida terror tashkiloti DEAShning yaqinda yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad qo’lga olindi”,-deb ma’lum qiladi Fahriddin Altun tvitterdagi sahifasida.

“Ideologiyasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi qat’iyan davom etmoqda. Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avadning qo’lga tushirilishi operatsiyamizning yutug’i hisoblanadi. Xalqimizga hujum qilmoqchi bo’lgan va mintaqamiz barqarorligiga putur yetkazmoqchi bo’lganlarni qonun oldida javob berishini ta’minlashga bo’lgan qat’iyligimizga shubha yo’q. DEAShga qarshi kurashimizga doir Turkiyaga qarshi bir qator salbiy propaganda olib borilmoqda.  Turkiya terrorizmning har qanday turiga qarshi kurashga boshchilik qilmoqda. Bu mavzuda hamfikr bo’lgan davlatlar bilan terrorizmga qarshi kuchli hamkorlik qilishimizdan hech kim shubha qilmasin!”,-deya ilova qiladi Fahriddin Altun.

65 yoshli Rasmiya Avad Suriyaning Halab viloyatidagi Azaz shahri yaqinida bir konteyner ichida qo’lga tushirilgan. Ushbu hudud hozirda Turkiya nazoratidagi hudud hisoblanadi.  U yerda Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan “Firot qalqoni” harbiy operatsiyasi ketmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, Rasmiya Avad bilan birga uning turmush o‘rtog‘i, kelini va 5 farzandi ham qo’lga olingan.



Aloqador xabarlar