Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Sochiga jo'nab ketadi

Ma’lumotga ko’ra, Sochida Erdo’g’an va Putin o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi. Shuningdek, ikki yetakchi hay’atlararo muzokaralarga raislik qiladi.

1292135
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Sochiga jo'nab ketadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bir kunlik amaliy tashrif bilan Sochi shahriga safar qiladi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Sochida Erdo’g’an va Putin o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi. Shuningdek, ikki yetakchi hay’atlararo muzokaralarga raislik qiladi.

Muzokaralarda Turkiya-Rossiya munosabatlari, Suriyadagi vaziyat, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.



Aloqador xabarlar