Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi kelishuvga AQSh OAVda keng o’rin ajratildi

AQSh Kongressidagi deputatlar, senatorlar, tashqi siyosat bo'yicha mutaxassislarning ham fikricha Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mazkur kelishuv orqali xohlaganini oldi.

1290462
Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi kelishuvga AQSh OAVda keng o’rin ajratildi

Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi kelishuvga AQSh ommaviy axborot vositasida keng ko’lamli o’rin ajratildi. 

AQSh Kongressidagi deputatlar, senatorlar, tashqi siyosat bo'yicha mutaxassislarning ham fikricha Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mazkur kelishuv orqali xohlaganini oldi.

Suriyaning Firot daryosining shariqda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD va DEASh terror tashkilotiga qarshi 9-oktabr kuni boshlatilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining vaqtinchalik to’xtatilishi haqidagi qaroriga ehtiyotkor munosabatda bo’lgan AQSh ommaviy axborot vositasi buning doimiy qadam emasligini eslatib o’tgan holda, 5 kundan keyin davom etib etmasligi masalasi ustidan bahs yuritmoqda.  

Ba’zi telekanal sharhlovchilari esa mazkur kelishuvni, “Aslida bularning hech qaysini bo’lmasligi kerak edi. Turklarning maqsadi PYD/YPG/PKKning 30 kilometrlik maydonni boshatib berishidan iborat ekan” degan ifodalar bilan baholadi.

Nyu-York Times gazetasi kelishuvni, “Turkiyaning Donald Trumpga qarshi g’alabasi” degan sarlavha bilan qalamga oldi.

Maqolada Prezident Erdo'g’anning xohlaganini olganligi ifoda etildi. Ko’pchilik respublikachi senatorlarning esa Trumpni tanqid qilganligi qayd etildi.  

Washington Post gazetasi Turkiyaning, Suriyaning ichiga qarab yurishni keyingiga qoldiradigan amaliyotni vaqtinchalik to’xtatishni qabul qilganligini ta’kidladi.  

Yangiliklarda kelishuvning shartlariga alohida o’rin ajratildi va nomi tilga olingan shartlar asosida Turkiyaning xohlaganligini olganligi aytildi.

Trump yetakchiligining ortga qaytish qarorining Turkiyaning Suriyadagi maqsadlariga yetishiga yetarli ekanligi ham qayd etildi.

Turkiyaning xohlaganligini olganligiga o’rin ajratgan gazetalardan yana biri Los Angeles Times edi. Gazeta AQShning, Turkiya tomonidan Suriyaning shimolining nazorat ostiga olishini ko’zda tutgan kelishuvni qabul qilganligi haqida yozdi. Mintaqaning kog’oz ustida Suriya tuprog’i deb hisoblanishi lekin u yerda Turk armiyasining borligiga e’tibor qaratildi.

Britaniya tomonidan chop etilgan Guardian gazetasi bilan Fransiyaning 24 kanali ham kelishuvni, “Anqara xohlaganligini oldi” deb baholadi.

 

 



Aloqador xabarlar