Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida “Tinchlik bulog’i” operatsiyasini boshladi

“Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolida PKK/YPG va DEASh terror tashkilotlariga qarshi “Tinchlik bulog’i” operatsiyasini boshladi”,-deb e’lon qildi prezident Erdo’g’an tvitterdagi sahifasida.

1284957
Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida “Tinchlik bulog’i” operatsiyasini boshladi
baris pinari harekati1.jpg
cumhurbaskani erdogan.jpg

 

Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida PKK/YPG va DEASh terror tashkilotlariga qarshi harbiy operatsiyani boshladi.

Mazkur operatsiyaga “Tinchlik bulog’i” deb nom berildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qurolli kuchlarimiz Suriya ozodlik armiyasi bilan hamkorlikda Suriya shimolida PKK/YPG va DEASh terror tashkilotlariga qarshi “Tinchlik bulog’i” operatsiyasini boshladi”,-deb e’lon qildi prezident Erdo’g’an tvitterdagi sahifasida.

Prezidentning ta’kidlashicha, harbiy operatsiyadan maqsad Turkiyaning janubiy chegaralarida tashkil qilinishi ko’zda tutilayotgan terror liniyasini yo’q qilish va mintaqada tinchlik-farovonlik o’rnatishdir.

““Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi bilan mamlakatimizga qaratilgan terror tahdidiga barham beramiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, operatsiya natijasida Suriya shimolida “xavfsiz hudud” tashkil qilinadi va suriyalik qochqinlarning o’z vataniga qaytishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi.

““Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi yordamida Suriyaning hududiy yaxlitligi saqlab qolinadi. Shu bilan butun mintaqa xalqi terrorizm panjasidan qutqariladi”,- deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan qahramon turk harbiylarga muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatma: Prezident harbiy operatsiya boshlanganligini e’lon qilishdan avval Shanliurfa viloyati Jeylanpinar tumaniga chegaradosh Suriyaning Rasulayn hududidan qora tutunlar ko’tarilganligi va portlash ovozlari eshitilganligi haqida turli xabarlar tarqalgandi.

Darvoqe, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an muxolif partiyalar Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kamol Kilichdarog'li, Milliyatchi harakat partiyasi rahbari Davlat Bahcheli va Yaxshi partiyasi rahbari Meral Akshenerga qo'ng'iroq qilib, operatsiya boshlanganligi haqida ma'lumot berdi.

So'ngi xabarlarga ko'ra, “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida Suriya shimolida joylashgan Tel Abyad hududidagi terror ob'yektlariga zarba berilmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar