Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Serbiyada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishiga raislik qiladi.

1283331
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Serbiyada rasmiy marosim bilan kutib olindi
erdogan sirbistan1.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Serbiyaga yetib bordi.

Erdo’g’an poytaxt Belgraddagi prezidentlik saroyida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Ikki yetakchi marosimdan so’ng, Turkiya-Serbiya munosabatlarining 140 yilligiga bag’ishlangan Serbiya davlat arhividagi hujjatlar va fotosuratlardan iborat ko’rgazmani tomosha qildi.

So’ngra tor va keng doiradagi uchrashuvlar boshlandi.

Erdo’g’an va Vuchich bugun Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishiga raislik qiladi.

Ikki davlat o’rtasida bitim imzolash marosimidan so’ng, Erdog’an va Vuchich matbuot anjumani o’tkazadi.

Tashrif chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli, transport va poydevor vaziri Mehmet Jahit Turan, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda.



Aloqador xabarlar