Turkiya yana bir bor Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishini qo’llashini takrorladi

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining qatl qilinishining birinchi yilligida ijtimoy tarmoq Twitter orqali bayonot berdi.

1280508
Turkiya yana bir bor Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishini qo’llashini takrorladi

Turkiya Jamol Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun kerakli faoliyatlarni olib borishdan voz kechmasligini yana bir bor takrorladi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining qatl qilinishining birinchi yilligida ijtimoy tarmoq Twitter orqali bayonot berdi.

Fahrettin Altun bu haqida,

“Jurnalist Jamol Kashikchi 2018-yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining (Istanbuldagi) Bosh konsullik binosida qatl qilinganiga bugun 1 yil toldi. Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'anning qo’llab-quvvatlashi bilan Turkiya mazkur dahshatli jinoyatga aniqlik kiritilishi uchun birinchi kundan beri olib borayotgan say-harakatini davom ettirmoqda. Hamma imkonlardan foydalangan holda jinoyatning bosti-bosti qilinishiga monelik qildik. Lekin Saudiya Arabistoni rasmiylarining sud jarayonining betarafligiga monelik qilgan munosabati va adolatning o’z o’rnini topishi uchun yetarli darajada harakat qilmasligi vijdonlarni qiynoqqa solmoqda” dedi.  

Turkiya sifatida Jamol Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun kerakli faoliyatlarni olib borishdan aslo voz kechmasliklarini yana bir bor takrorlagan Altun,

“Bu borada xalqaro hamjamiyatni ham takror qo’l urilgan jinoyatga qarshi o’z munosabatini bildirishga chaqiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar