Fuat O'ktay BMT Oliy komissari Filippo Grandini qabul qildi

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiyada kun kechirayotgan 3 mln 600 mingdan ortiq suriyaliklar taqdiri, migratsiya va qochqinlar masalasi muhokama qilindi.

1263254
Fuat O'ktay BMT Oliy komissari Filippo Grandini qabul qildi

 

 

Turkiya prezident o’rinbosari Fuat O'ktay kecha BMT Oliy komissari Filippo Grandi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiyada kun kechirayotgan 3 mln 600 mingdan ortiq suriyaliklar taqdiri, migratsiya va qochqinlar masalasi muhokama qilindi.

BMT Oliy komissari Filippo Grandi Turkiyani suriyaliklarga ko’rsatayotgan yordamlari tufayli taqdirlashini ma’lum qildi.

Grandining ta’kidlashicha, BMT Turkiya zimmasiga olgan  mas’uliyatning qanchalik og’ir yuk ekanligini yaxshi biladi. Shu sababli, Turkiya bilan yaqindan hamkorlikka katta ahamiyat beradi.

Turkiya prezident o’rinbosari Fuat O'ktayning fikricha, xalqaro hamjamiyat Turkiyaning suriyaliklarga ko’rsatayotgan g’amxo’rligini taqdirlashi bilangina cheklanishi yetarli emas. Bu mashaqqatli jarayonga yana ham ko’proq hissa qo’shishi kerak.

 


 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Filippo Grandi , #Fuat O'ktay , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar