Iroq shimolida uch nafar turk askar jangarilar bilan otishmada halok bo'ldi

"Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida olib borilayotgan "Panja-3" harbiy amaliyotida terror tashkiloti PKK jangarilari bilan bo'lgan otishmalarda 3 nafar askarimiz halok bo'ldi, 7 askar jarohatlandi",-deyiladi bayonotda.

1258062
Iroq shimolida uch nafar turk askar jangarilar bilan otishmada halok bo'ldi

 

Iroq shimolida "Panja-3" harbiy amaliyotida qatnashgan uch nafar turk askar jangarilar bilan otishmada halok bo'ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

"Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida olib borilayotgan "Panja-3" harbiy amaliyotida terror tashkiloti PKK jangarilari bilan bo'lgan otishmalarda 3 nafar askarimiz halok bo'ldi, 7 askar jarohatlandi",-deyiladi bayonotda.

Yarador askarlar shifoxonaga yotkizilgan. Hududda harbiy operatsiya kuchaytirilgan.

"Bizni chuqur larzaga solgan ushbu voqeada halok bo'lgan aziz shahidlarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Avvalo shahidlarimizning motamsaro oilalariga, Turkiya Qurolli kuchlariga va ulug' turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaralangan qahramon askarlarimizga shifo tilaymiz!",-deya ilova qilinadi bayonotda.

 

 

 



Aloqador xabarlar