Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrif buyurmoqchi...

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 27 avgust seshanba kuni Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

1257936
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrif buyurmoqchi...

 

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 27 avgust seshanba kuni Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Rossiyaga bir kunlik tashrif bilan keladi.

Tashrifning tafsilotlari haqida ma'lumot berilmagan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.

Davlat rahbarlari Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eron tomonidan BMT bilan birgalikda olib borilgan konstitutsiyaviy qo‘mitani shakllantirish va ishga tushirish bo‘yicha ishlarni muhokama qilishgan.

 



Aloqador xabarlar