Turkiya va AQSh o’rtasida ochilgan “Qo’shma amaliyot markazi” bugun o’z ishini boshladi

Turkiya va AQSh o’rtasida ochilgan “Qo’shma amaliyot markazi” bugun butunlay o’z ishini boshladi.

1257847
Turkiya va AQSh o’rtasida ochilgan “Qo’shma amaliyot markazi” bugun o’z ishini boshladi

Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida Suriyada xavfsiz hudud tashkil etish masalasi ustidan kerakli faoliyatlarning olib borilishi uchun ochilgan “Qo’shma amaliyot markazi” bugun butunlay o’z ishini boshladi.

Bu haqida Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar bayonot berar ekan unda,

“Qo’shma amaliyot markazi bugun butunlay o’z ishini boshladi. Birinchi bosqich ustidan maydonda yo’lga qo’yish ishlariga o’tildi” dedi.

Bugun birinchi vertolyotlarning ham ko’tarilganligini eslatib o’tgan Hulusiy Akar,

“Shuningdek terroristlarga oid mavze va qo’rg’onlarni qulatish ishlari ham boshladi” deya gapirid.  

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar undan tashqari Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatidagi kuzatuv nuqtalariga ham to’xtalar ekan bu haqida,

“Idlibdagi kuzatuv nuqtalarimizga qarshi hujum uyushtirilgudek bo’lsa unda o'zini himoya qilish haq va huquqimizdan oxirigacha foydalanamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hulusiy Akar shuningdek, Iroqning shimolida 8 oyda 654 terorristning yo’q qilinganligini qayd etdi.

Bugun uchunchi bosqichi boshlatilgan “Panja” deb nomlangan harbiy amaliyotga ham to’xtalgan Akar,

“Oxirgi 8 oyda Iroqning shimolida 654 terrorist yo’q qilindi. Ulardan 64 nafari Panja-1 va 16 nafari Panja-2 harbiy amaliyotida yo’q qilingan. Panja-3 amaliyoti esa muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar