Qo'shma Operatsiya markazining ochilishiga tayyorgarlik ko’rish ishlari boshladi

Qo'shma Operatsiya markazining ochilishiga tayyorgarlik ko’rish ishlari boshladi. Shu doirada AQShdan kelgan hay'at hozirda mamlakatning Shanliurfa shahrida.

1251787
Qo'shma Operatsiya markazining ochilishiga tayyorgarlik ko’rish ishlari boshladi

Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasida Qo'shma Operatsiya markazining ochilishiga bag’ishlangan dastlabki tayyorgarlik uchun Turkiyaga AQShdan tashrif buyurgan 6 kishjilik hay’at, mamlakatning Shanliurfa shahriga yetib bordi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayontga ko’ra Suriyaning shimolida AQSh bilan birgalikda tashkil etilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasida Qo'shma Operatsiya markazining ochilishiga bag’ishlangan tayyorgarliklarning boshlatilganligi qayd etildi.

Unda,

“Shu doirada dastlabki tayyorgarliklarni ko’rish niyatida AQShdan tashrif buyurgan 6 kishilik hay’at Shanliurfaga yetib bordi. Qo'shma Operatsiya markazining yaqinda xizmatga ochilishi kutilmoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.



Aloqador xabarlar