Prezident Erdo'g’an Salmon bin Abdulaziz va Boris Johnson bilan muloqot qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz va Britaniyaning yangi Bosh vaziri Boris Johnson bilan telefon orqali muloqat qildi.

1245812
Prezident Erdo'g’an Salmon bin Abdulaziz va Boris Johnson bilan muloqot qildi
Erdoğan salman telefon.png

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezident Erdo'g’an mazkur muloqat chog’ida og’asi Bender bin Abdulazizning vafoti tufayli Qirol Salmonga ta’ziya izhor etib, marhumga Olloxdan rahmat tilagan.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar ham qo’lga olingan muloqatda, mintaqadagi oxirgi vaziyatlar haqida ham fikr almashilgan.

Prezident Erdo'g’an undan tashqari Britaniyaning yangi Bosh vaziri Boris Johnson bilan ham telefon orqali muloqat qilgan.

Erdo'g’an unda Johnsonni Britaniyaning Bosh vaziri etib saylanishi munosabati bilan tabriklagan.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Britaniyaning yangi Bosh vaziri bilan bo’lgan uchrashuvida Turkiya va Britaniyaning muhim strategik sherik ekanligini belgilab o’tgan holda, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yangi davrda ham har tarmoqda rivojlanishiga ishonchi komil ekanligini ifoda etgan.

 



Aloqador xabarlar