AQSh Turkiyaga nisbatan qanday munosabatda bo'lsa Turkiya ham ana shunga yarasha qadam tashlaydi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, mamlakatdagi xususiy telekanallardan birida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

AQSh Turkiyaga nisbatan qanday munosabatda bo'lsa Turkiya ham ana shunga yarasha qadam tashlaydi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Amerika Qo’shma Shtatlari Turkiyaga nisbatan dushmanlardek munosabat bildirsa unda Turkiya ham ana shunga yarasha qadam tashlaydi” dedi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, mamlakatdagi xususiy telekanallardan birida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

Mevlut Chavusho’g’li unda, Turkiyaning mudofaa sanoatiga alohida e’tibor berganligini, bu borada jiddiy investitisyalar kiritganligini va bugungi kunda ehtiyojning 70 foiziga o’zi javob berishini qayd etdi.  

Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha Turkiya o’zining urush uchoqlari, tanklari va vertolyotlarini ishlab chiqarish uchun ham keng ko’lamli faoliyat olib bormoqda.

Mevlut Chavusho’g’li shuningdek,

AQSh F-35 urush uchoqlarini bermagudek bo’lsa unda Turkiya mazkur mahsulotni o’zi ishlab chiqargunga qadar ehtiyojini boshqa nuqtalardan qondirish yo’liga kirishini belgilab o’tgan holda, S-400 larning Rossiyadan xarid qilib olinish masalasini bunga o’rnak ko’rsatdi.

“AQSh F-35 larni bermagudek bo’lsa unda Turkiya boshqa yo’ldan chora izlaydi. Turkiya albatta o’zi sherik bo’lgan loyihalardan yo’l olishni xohlaydi. Bunga haqqi ham bor. Eng avvalo mustaqil va erkin mamlakat tomonidan tashlanishi kerak bo’lgan qadamlarni, vaqti kelganida Turkiya tashlaydi” dedi.

Shuningdek, “AQSh Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritgudek bo’lsa unga qarshi Turkiya qanday munosabatda bo’ladi” degan savolga javob bergan Chavusho’g’li  

“Sanksiyalar kiritilgudek bo’lsa bizning ham AQShga qarshi beradigan javoblarimiz bor. AQSh Turkiyaga nisbatan dushmanlardek munosabat bildirsa unda Turkiya ham ana shunga yarasha qadam tashlaydi. Bu tahdid ham emas, aldash ham” dedi.  

Suriyaning Idlib shahriga qarshi qo’l urilgan hujumlarga ham to’xtalgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li,

“Bashar al-Asad rejimining hujumlarini to’xtatish vazifasi, qo’shnimiz Rossiyaning ishidir” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar