Mustafa Akinji bilan Nikos Anastasiadis 8 avgust kuni uchrashadi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafa Akinji bilan Kipr Rum boshqaruvi yetakchisi Nikos Anastasiadis 9 avgust juma kuni soat 10:30da o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.

1240209
Mustafa Akinji bilan Nikos Anastasiadis 8 avgust kuni uchrashadi

 

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafa Akinji bilan Kipr Rum boshqaruvi yetakchisi Nikos Anastasiadis 8 avgust juma kuni uchrashadi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Mustafa Akinji va Nikos Anastasiadis 9 avgust juma kuni soat 10:30da o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafa Akinji 13 iyulda BMTning Kipr bo’yicha maxsus vakolatxonasi vositasida Anastasiadisga sharqiy O’rta yer dengizidagi gidrokarbonlar bo’yicha mushtarak qo’mita tashkil qilish to’g’risida yangi taklif kiritgan edi.

Mustafa Akinjining taklifi gidrokarbon masalasi taranglik va keskinlikka zamin yaratuvchi emas, balki unumli hamkorlikka yetaklovchi masalaga aylantirilishini maqsad qiladi.

Ushbu taklif ikki jamiyat a’zolari ishtirokida tashkil qilinadigan qo’mitaning BMT nazoratida to’planishini, qolaversa Yevropa Ittifoqining kuzatuvchi sifatida o’rin olishini o’z ichiga oladi.

Mushtarak qo’mitaning tuzilishi, maqsad va vazifalari, faoliyat uslubini belgilovchi taklif, ayni paytda bir fond tashkil qilish va fonddan qanday foydalanish kabi tafsilotlarni ham qamrab oladi.

Bu taklif Kipr Rum boshqaruvining siyosiy partiya yetakchilari tomonidan rad etilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar