Bugun prezidentlik qarorgohida ham 15-iyul shahidlari yodga olindi

2016-yilning 15-iyuli kuni to’ntarishchilarga qarshi yirik doston qalamga olgan manzillardan yana biri poytaxt Anqaradagi Beshtepa mahallasi idi.

1235956
Bugun prezidentlik qarorgohida ham 15-iyul shahidlari yodga olindi
erdogan bestepe anma toreni2.jpg
erdogan bestepe anma toreni1.jpg

Bundan 3 yil muqaddam, 2016-yilning 15-iyuli kuni to’ntarishchilarga qarshi yirik doston qalamga olgan manzillardan yana biri poytaxt Anqaradagi Beshtepa mahallasi idi.

Dostonning qalamga olinishining uchinchi yilligida Prezidentlik qarorgohida shahidlar uchun yodga olish marosimi uyushtirildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, qarorgoh oldida shaxsini kutgan 15-iyul shahidlarining yaqinlari va g’oziylari bilan suhbat qilib ortidan birgalikda, Shahidlar obidasi tomon yo’l oldi.

Obidaga gulchambar qo’ygan Prezident Erdo'g’an, shahidlar uchun duo qildi.

Erdo’g’an va hamrohligidagilar keyinchalik Beshtepada joylashgan “Millet” nomidagi jome’ masjidida uyushtirilgan marosimda ishtirok etdi.

Prezident Erdo'g’an u yerda shahidlar uchun Qur’on tilovat qildi. Din Ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbash ham duo qildi.

“Millet” nomidagi jome’ masjidida uyushtirilgan marosimda Bosniya va Gertsegovina prezidiumi raisi Bakir Izzatbegovich, vitse-prezident Fuat O’ktay, ba’zi vazirlar bilan Anqaradagi 15-iyul shahidlarinig yaqinlari, g’oziylar va fuqarolar ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar