Hakkarida terroristlar 2 askarni shahid qildi
Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar 2 askarni shahid qildi.
1232916

Turkiyaning Hakkari viloyatida harbiy transportga PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan uzoqdan qo’l urilgan hujum oqibatida 2 askar shahid bo’ldi. Shahid bo’lganlardan tashqari 1 askar tan jarohati oldi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Hakkarida terroristlar tomonidan harbiy transportga qarshi hujum uyushtirilganligi qayd etildi.
Hujum oqibatida 2 askar shahid bo’lar ekan, 1 askar esa tan jarohati olgan.
Bayonotda shuningdek, mintaqada terroristlarga qarshi amaliyotning davom etayotganligi ham ilova etilgan.