Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyaga yetib bordi

Prezident Erdo’g’an Osaka Kansai aeroportida Yaponiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Kenji Yamada, Turkiyaning Yaponiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Murat Merjan va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

1225962
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyaga yetib bordi
erdogan japonya1.jpg
erdogan japonya.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Katta yigirmatalik” (G-20) sammitida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Osaka shahriga tashrif buyurdi.

Prezident Erdo’g’an Osaka Kansai aeroportida Yaponiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Kenji Yamada, Turkiyaning Yaponiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Murat Merjan va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an o’zlariga ajratilgan mehmonxona oldida Yapon Kimono milliy liboslari bilan kutib olindi.

28-29 iyun kunlari bo’lib o’tadigan “Katta yigirmatalik” (G-20) sammitida S-400 zenit raketa majmualari va raketa mudofaa tizimlari kabi mudofaa mavzulari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Erdo’g’an sammit chog’ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda strategik barqarorlik masalalari, Suriya, Afg‘oniston, Venesuela, Ukrainadagi mintaqaviy nizolar muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari shuningdek, Eron muammosini ham muhokama qilishadi. 

Bundan tashqari, Erdo’g’an S-400 majmualarining xarid qilinishiga qarshi bo’lgan Tramp bilan o’rtadagi muammoli mavzularni ham atroflicha muhokama qilishi kutilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an sammit yakunlangach, poytaxt Tokioga jo’nab ketadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar