Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyada Donald Tramp bilan uchrashadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 28-29 iyun kunlari Yaponiyada bo’lib o’tadigan Katta yigirmatalik (G-20) sammitida Donald Tramp bilan S-400 zenit raketa majmualari va F-35 harbiy samolyotlari bo’yicha suhbatlashishini ma’lum qildi.

1222555
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyada Donald Tramp bilan uchrashadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 28-29 iyun kunlari Yaponiyada bo’lib o’tadigan Katta yigirmatalik (G-20) sammitida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan S-400 zenit raketa majmualari va F-35 harbiy samolyotlari bo’yicha suhbatlashishini ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’an Istanbuldagi Vahdettin ko’shkida olib borilgan jonli ko’rsatuvda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiyaning Rossiyadan xarid qiladigan S-400 majmualari AQSh tomonidan muhokama qilinmoqda. Shu sababli AQSh F-35 harbiy samolyotini Turkiyaga bermasligini ma’lum qildi.

“Kelgusi hafta Katta yigirmatalik (G-20) sammitida bo’lamiz. Sammit doirasida janob Tramp bilan uchrashuvimiz bor. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashamiz. Bu masalani keng qamrovli muhokama qilamiz. Men u yerdan Xitoyga jo’nab ketaman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

Ma’lumotga ko’ra, prezident Erdo’g’anning Xitoyga tashrifi chog’ida Turkiya-Xitoy munosabatlari muhokama qilinadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar