Turkiya hukumati vakillari Mursiyning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirmoqda

Misrning saylangan birinchi prezidenti Muhammad Mursiyning shahid bo’lishiga Turkiyadan ta’ziya xabarlari kelmoqda.

1220497
Turkiya hukumati vakillari Mursiyning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirmoqda

Misrning saylangan birinchi prezidenti Muhammad Mursiyning shahid bo’lishiga Turkiyadan ta’ziya xabarlari kelmoqda.

Turkiya buyuk millat  majlisi Raisi Mustafa Shento’p, ijtimoiy tarmoq sahifasida  bergan bayonotda, “Mursiy,

Qonuniylik safida o’rin olish jasoratini ko’rsatgan buyuk bir lider edi. Mursiy  qamoqqa olingan edi ammo uni qamoqqa  solganlardan  ham  yana erkin edi” deb qayd etdi.

Shento’p, “ Misr xalqi, Islom olami  va  mazlum  millatlarning boshi omon bo’lsin. Ishonaman ki kurashi va  hayoti o’zidan keyingi avlodlarga  rahbarlik qiladi “,- dedi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, ijtimoiy tarmoq sahifasida  yozma  bayonotda Mursiy uchun ta’ziya bildirdi.

Chavusho’g’lu, Mursiyning sud zalida hayotdan ko’z yumushiga tegishli,

“Harbiy to’ntarish uni hokimiyatdan uzoqlashtirdi, ammo uning xotirasi yuragimizdan o'chirilmaydi, Ummat mustahkam turishini unutmaydi!" deb qayd etdi.

Prezidentlik kommunikatsiya Raisi Fahrettin Altun ham, ijtimoiy tarmoqdan quyidagicha  yozdi:

"Demokratik yo'l bilan saylangan Misrning birinchi Prezidenti, butun dunyo ko'zi oldida qonli to'ntarish tomonidan  hokimiyatdan uzoqlashtirilgan  Muhammad Mursiy, sud zalida dunyodan ko’z yumdi".

Adolat va taraqqiyot  partiyasi matbuot kotibi O’mer Chelik, "Misrning birinchi saylangan prezidenti Muhammad Mursiy, sud zalida axloqsiz va noqonuniy ravishda  to'ntarishdan keyin  mahkama zalida shahid bo'ldi. Shahid Mursiyga Ollohdan mag’firat tilaymiz” dedi.

Chelik, Mursiyning  janozasi oilasiga topshirilmaganligi sababli reaksiya ko’rsatdi.

“ Qo’llarida o’lim jihozi bilan insoniyat qadriyatiga hujum qilmoqda, yashar ekan chirimoqdalar.

Mahkama zalida dunyodan ko’z yumgan sharafli birovining janozasidan qo’rqmoqdalar. Chirigan, tirikdan qo’rqarlar” deb ifodaladi.

 



Aloqador xabarlar