Fransiyaning terror tashkiloti YPG bilan hamkorligini to’g’ri deb topmaymız.

Tashqi İshlar Vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Fransiyaning  Suriyada bo'lgan PKK  qanoti terror tashkiloti  YPG bilan hamkorligini  to’g’ri deb topmaganlarini aytdi.

drian-cavusoglu1.jpg
drian-cavusoglu.jpg

Tashqi İshlar Vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Fransiyaning  Suriyada bo'lgan PKK  qanoti terror tashkiloti  YPG bilan hamkorligini  to’g’ri deb topmaganlarini aytdi.

Chavusho'g'li, Turkiyaga  rasmiy tashrif buyurgan  Fransiya Tashqi İshlar Vaziri Jean-Yves Le Drian  bilan poytaxti Anqarada uchrashdilar.

Chavusho’g'lu, ikki tomonlama va delegatsiyalar aro  uchrashuvdan  so’ng  qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi.  Uchrashuv bir mavzuning tashqarisida butunlay Fransiya bilan  mos fikrda ekanini va YPG bilan aloqalari borasida to’xtalib o’tdi.

Chavusho’g’lu,

“ Fransiyaning PKK bilan hech bir farqi bo’lmagan YPG bilan yaqin hamkorligini to’g’ri deb topmaymiz. Fransiyaning  YPG bilan hamkorlik qilishi Fransiyaga yarashmas. Suriyaning kelajagi uchun chegara yaxlitligi, tuproq yaxlitligi  xavf ostida. Bundan tashqari chegara  xavfsizligimiz va o’lkamiz va millatimizning xavfsizligi uchun juda sezgir bir masaldir” dedi.

Suriya Idlibda sulh iddaosi borasida to’xtagan Chavusho’g’lu, siyosiy emas harbiy yechimga ishongan rejim, so’ngi paytlarda Idlibga qarashi hujumlari avj olganiga diqqat qaratdi.

“ Idlibda holi hozir to’liq sulh ta’min etildi deyish mumkin emas” deb ifodaladi.

Chavusho’g’lu, Idlibda bugun Turk kuzatish nuqtasiga  uyushtirilgan hujumlar chegarali deb o’ylamoqdamiz.

“ Rejim bunga qarshi hujumlarini davom ettirsa  nima kerak bo’lsa amalga oshiramiz. Bundan  hech kimning shubhasi bo’lmasin” deya qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Turkiyaning Rossiyadan sotib oladigan S-400lar bilan aloqali AQSh mudofaa Vazir vakili Patrick  Shanahan tomonidan milliy mudofaa Vaziri Hulusi Akarga yuborilgan maktubda esa,

“ bu maktubning uslubini qabul qila olmaymiz. Hech kim Turkiyaga ultimatum bera olmas.  

Turkiya mustaqil va erkin bir o’lkadir. Bu tur maktub bilan Turkiyani  olgan qaroridan voz kecha olmas. Turkiya S- 400ni sotib oldi  va S- 400lar Turkiyaga keladi” deya qayd etdi.

Fransiyalik  vaziri Drian, Idlibdagi vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirdi.

"Biz Idlib mavzusida Turkiyani qo'llab-quvvatlaymiz. Bizning  sulh ijrosini ta'minlashimiz kerak,

Chunki juda xavfli va portlovchi ta’sirga ega bir sharoit bilan duchormiz ” deya qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar